Ertaga poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining volontyorlar forumi boshlanadi.
Ushbu tadbirni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Volontyorlik harakatining yangicha tamoyillarini o‘rganish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, globallashayotgan dunyoda volontyorlik tizimidagi muammolarga yechim topish kabi bir qator yo‘nalishlarni qamrab oladigan forumda MDHga a’zo mamlakatlarning yetakchi volontyorlik tashkilotlari qatnashadi.
Forum doirasida MDH davlatlarining volontyorlik tashkilotlari rahbarlari o‘zaro tajriba almashinuvi, yurtimizdagi eng faol volontyorlik guruhlarining taqdimotlari, “Mo‘jizalar davri” ko‘rgazmasi va boshqa xayriya tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forum 4-mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA