Ko‘ksaroyda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Prezidentimiz bugungi kunda jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib, energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik tizimda inqirozlar o‘tkir tus olayotganiga e’tibor qaratdi. Bunday murakkab sharoitda bamaslahat, o‘zaro kengashib, aniq amaliy qadamlar tashlansa, ko‘zlangan yuksak marralarga albatta erishilishi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso xonimning kengash faoliyatidagi alohida o‘rnini qayd etdi.
Ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan Investitsiyalar va Maxsus erkin zonalar to‘g‘risidagi qonun loyihalari mamlakatimizda qulay investitsiya va biznes muhitini takomillashtirishda ulkan qadam bo‘ladi.
Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti jamoasi tomonidan boshlanayotgan investitsiya siyosati tahlili mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash borasida asosiy yo‘nalishlarni belgilab olishga va samarali mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.
O‘zA