Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi davom etmoqda.

–Sizlarga muhim bir fikrni yetkazmoqchiman: har bir tashabbus, har bir loyihangiz bo‘yicha davlatimiz, hukumatimiz a’zolari sizlarga yelkadosh bo‘lib, yoningizda turib, ularni to‘liq amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Investitsiyalar – bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir, – dedi Prezidentimiz nutqining yakunida.

Xalqaro investitsiya forumi va sermahsul muzokaralar amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.

O‘zA