Qayd etilganidek, davlatimiz rahbari iqtisodiyotda chuqur transformatsiya jarayonlari, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratish izchil davom ettirilishini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchinchi yo‘nalish: foydali qazilmalar. O‘zbekiston – mineral resurslar va muhim metallarning katta bazasiga ega mamlakatdir.

O‘tgan oyda Yevropa Ittifoqi bilan o‘ta muhim xomashyo sohasida strategik hamkorlik o‘rnatildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya bilan ham shunday bitim ustida ish olib borilmoqda.

Bu borada zamonaviy xalqaro tajriba asosida yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi.

Davlatimiz rahbari strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif etdi.

O‘zA