“Telegraph” nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyada gipertovushli raketa ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, mazkur yangi qurol Qirollik armiyasiga 2030-yilgacha berilishi kerak.
Xabarda ta’kidlanishicha, mamlakatning gipertovushli raketa ishlab chiqarish rejasi hozirda boshlang‘ich bosqichda turibdi. Qolaversa, qurolning yer, dengiz yoki havodan uchirilishiga ham aniqlik kiritilganicha yo‘q. Gazetaning yozishicha, agar Buyuk Britaniyada gipertovushli qurolga ertaroq egalik qilish zarurati paydo bo‘lsa, uni AQSHdan sotib olishi ham mumkin.
Gipertovushli raketa bu yer ustida soatiga 6000 kilometr tezlikda uchadigan qurol tushuniladi. Ushbu tezlik hisobiga mazkur qurolni eng zamonaviy raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ham ushlay olmaydi. Ayni paytda Rossiya va Xitoy o‘z gipertovushli qurollariga ega, AQSH sinovlarni davom ettirmoqda. Shuningdek, ushbu qurol Eron tomonidan ham namoyish qilingani aytiladi.