Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika fakultetida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bag‘ishlangan “Muhammad Yusuf – el ardoqlagan shoir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Muhammad Yusuf haykaliga gulchambar qo‘yish bilan boshlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar talaba-yoshlarga shoir xotirasini qadrlash, she’riyatining o‘ziga xos qirralari, hayoti, ijodini o‘rganish va targ‘ib etish xususida gapirdi.
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf betakror she’rlari bilan yurtdoshlarimiz qalbidan chuqur joy olgan ijodkor edi. Shoir adabiyotimizning ehtirom va e’tirofga erisha olgan zabardast vakillaridan biridir. Onaga hurmat, Vatanga muhabbat adib ijodining gultoji ekanligi qayd etildi.
Shoir she’rlaridan tashkil topgan musiqiy guldastalar ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri