Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tayotgan jahon kubogida hamyurtimiz Taxmina Ikromova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasining yetakchisi bo‘lgan Taxmina Ikromova musobaqaning ko‘pkurash dasturida 135 ball jamg‘arib kumush medalga sazovor bo‘ldi. Endi u bugun, 28-aprel kuni yakkalik yo‘nalishidagi 4 xil turdagi mashqlarning final dasturida medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Musobaqaning ko‘pkurash bahslaridagi natijalar bilan tanishing:
Oltin: Darya Varfolomeeva (Germaniya) – 135.95
Kumush: Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 135.00
Bronza: Boryana Kaleyn (Bolgariya) – 133.25
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA