Futzal bo‘yicha Tailandda o‘tayotgan Osiyo kubogining ikkinchi turida Iroq – O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur o‘yinning 11-daqiqasida Akbar Usmonov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Mashrab Odilov farqni ikkitaga oshirdi. Elbek To‘lqinov 26-daqiqada hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. 28-daqiqada esa Sunnatilla Jo‘rayev raqib darvozasiga 4-golni urdi. O‘yin yakuniga ikki daqiqa qolganda Haydar Majid hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa, futzalchilarimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini naqd qildi. Endi Xose Venansio Lopez shogirdlari 21-aprel kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA