Gonkongda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi va unda qit’amizning 36 mamlakatidan 300 nafarga yaqin dzyudochilar qatnashmoqda. Quvonarlisi, qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etmoqda.
Chempionatning bugungi dasturidan yengil vazn toifasidagi bahslar o‘rin olgan bo‘lib, unda quyidagi polvonlarimiz bahslarga kiradi:
-60 kg: Dilshod Baratov – Mayim-u Sapam (Hindiston) / Alvin Mendoza (Filippin)
-60 kg: Doston Ro‘ziyev – Xesham Makabr (Yaman) / Duk Chu (Vetnam)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Xoang Truong (Vetnam) / Doxeop Li (Janubiy Koreya)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Munis Xavsavi (Saudiya Arabistoni) / Ka Vong (Gonkong)
-48 kg: Halima Qurbonova – Lea Lopes (Filippin)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Kokoro Fujishiro (Yaponiya) / Xsi Shen (Xitoy Taipeyi)
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Txu Do (Vetnam)
-57 kg: Shukrjon Aminova – Ngok Nguyen (Vetnam)
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati g‘oliblari jahon va «Parij-2024» reytingi uchun 700 ochkoga ega bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA