Yaponiyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etadigan Osiyo chempionatining ilk kungi saralash bahslarida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatga erishdi.
Musobaqaning 200 va 500 metr masofalarga mo‘ljallangan poygalarda terma jamoamiz a’zolaridan Samandar Haydarov va Shahriyor Mahkamov K2 500 metr bahsida, Artur Guliyev va Vladlen Denisov S2 500 metr dasturida, shuningdek, sportchilarimizdan Elyorjon Mamadaliyev S1 200 metr hamda Denis Onufriyev K1 200 metr yo‘nalishining yakkalik musobaqalarida final yo‘llanmasi sohiblari bo‘ldi.
Ushbu sportchilarimiz qit’a chempionatining finalida sovrinli o‘rinlar bilan birgalikda “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun o‘tadigan kurashlarda ishtirok etadi.
Final musobaqalari ertaga, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA