Qirg‘izistonda mashhur “TikTok” tarmog‘i imkoniyati chegaralanadi. Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati mamlakatdagi barcha internet-provayderlarga tegishli xat yo‘llagan.
“Kazinform” mazkur idora matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining respublika hududida mazkur ijtimoiy tarmoq axborot manbalariga kirishni cheklash to‘g‘risidagi asoslantirilgan ko‘rsatmasi asosida sanoat aloqa operatorlari ushbu xizmatdan foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish zarurligidan ogohlantirilgan.
Avvalroq Rossiyada ayni masala ko‘tarilgan edi.
Qozog‘istonda ham shu mavzuda munozara davom etyapti: senator Alisher Satvaldiyev deputatlik so‘rovida “TikTok” platformasida salbiy kontent tarqalishi muammosini ilgari surgan.