Shu kunlarda mamlakatimizda “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining dastlabki – tuman va shahar bosqichi o‘tkazilmoqda. Unda mahallalardagi nogironligi bo‘lgan 30 ming nafarga yaqin yoshlar tuman va shahar bosqichida ishtirok etib, navbatdagi bosqichga yo‘llanma olish uchun o‘zaro bahs olib bormoqda.
“Besh tashabbus paralimpiadasi”da ishtirokchilar para yengil atletika, para stol tennisi, aravachada stol tennisi, para shaxmat, para shashka va para badminton bo‘yicha o‘zaro raqobatlashmoqda.
Ma’lumot uchun, “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining tuman-shahar bosqichi 20-aprelga qadar davom etadi. Ushbu bosqich g‘oliblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bosqichida ishtirok etadi. Mazkur ikkinchi bosqich joriy yilning 10 — 20-may kunlari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA