Qatarda o‘tayotgan U23 Osiyo kubogida «V» va «S» guruhlarida birinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

«V» guruhida Yaponiya — Xitoy bahsi bo‘lib o‘tdi va ushbu uchrashuv 1:0 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Janubiy Koreya va BAA o‘rtasidagi o‘yinda ham aynan 1:0 hisobi qayd etildi.

Shu tariqa, «B« guruhida Yaponiya va Janubiy Koreya 3 ochko to‘plagan holda birinchi hamda ikkinchi pog‘onadan joy oldi. BAA esa uchinchi, Xitoy to‘rtinchi pog‘onaga joylashdi.

«S» guruhida Tailand olimpiya terma jamoasi Iroqni 2:0 hisobida yengdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni ilk turda Tojikiston ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi. Mazkur natijadan so‘ng Saudiya Arabistoni guruhda peshqadam bo‘lib oldi. Tailand esa faqatgina gollar hisobiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi. Tojikiston va Iroq quyi pog‘onada qoldi.

Bugun, «D» guruhida O‘zbekiston – Malayziya va Quvayt – Vetnam terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkaziladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA