Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Qatar davlati axborot agentligi – QNA O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 15-aprel kuni Qatar Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashganini yoritdi.

Maqolada Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tgan tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari va ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgani ta’kidlangan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qatar va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Yig‘ilishda shuningdek, Qatar Tashqi ishlar vazirligining Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Yusuf bin Sulton Laram hamda Qatar Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan bin Hamza Hoshim ham ishtirok etdi.

 

Muharrama Pirmatova, O‘zA