Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida erkin kurash bahslari yakunlandi.
Erkin kurash bahslarida terma jamoamiz tarkibida
Javrail Shapiyev va Sherzod Poyonov finalga qadar o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Asomiddin Hasanov bronza medali bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, mazkur musobaqada erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bugun, 13-aprel kuni musobaqa doirasida ayollar kurashi bo‘yicha bahslar boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA