Kuni kecha, Ramazon hayiti bayramida Ismoil Haniyaning 3 nafar o‘g‘li va 2 nafar nabirasi G‘azo shimolidagi lagerda havo hujumi oqibatida o‘ldirildi. Ismoil Haniya voqeaga nisbatan o‘z javobida, Isroil hech qachon maqsadiga yetolmasligini va uning oilasiga qilingan suiqasdlar XAMASni chekinishga majbur qila olmasligini aytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ismoil Haniyaning yana bir o‘g‘li va qarindoshi fevral oyida o‘ldirilgan edi. XAMAS yetakchisi halok bo‘lgan qarindoshlarini «Shahidlar» deb atab, ularning o‘limi bekor ketmasligi bilan ogohlantirdi.

Ziyovuddin NURIDDINOV, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA