Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Jizzax viloyatida turizm va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
10 ta madaniy meros obyektida “Turizm halqasi” yaratilishi, ularga turizm mahallasi maqomi berilishi belgilandi. “Turizm halqasi” obyektlariga boradigan yo‘llarni ta’mirlash topshirildi.
Xalqaro “M-39” yo‘lining viloyat hududidan o‘tgan 98 kilometr qismidan kuniga 40 ming avtomobil qatnaydi. Bu yo‘lni chetida bo‘sh turgan 4 gektar yerlar tadbirkorlarga taklif qilinsa, 20 ming aholini doimiy band qilish mumkin.
Aydar–Arnasoy ko‘llari tizimida turizm uchun yetarli salohiyat bor. Uni ro‘yobga chiqarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuziladi.
O‘zA