Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Investorlar 28 million dollar sarmoya evaziga yiliga 20 ming tonna sut va 5 ming tonna go‘shtni qayta ishlashni, Zomin, Zarbdor va Yangioboddagi 11 mingta xonadonda “Angus” zotli qoramolni ko‘paytirib, sotib olish tizimini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. 

Mutasaddilarga yil yakunigacha Sharof Rashidov va Zarbdor tumanida bittadan yirik chorvachilik klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Dronlar yordamida qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlarida aniqlangan imkoniyatlarni, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

O‘zA