Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
So‘nggi yetti yilda Jizzaxda ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi.
Bu davrda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya, shu jumladan, 3 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilinib, 2,5 mingta yangi korxona ishga tushdi.
Bu orqali 45 mingta yangi doimiy ish o‘rinlari yaratildi. Tadbirkorlar 10,5 mingdan 20 minggacha ko‘paydi. Bu – respublika ko‘rsatkichidan 50 foiz ko‘p.
Hech mubolag‘asiz, Jizzaxda qishloq xo‘jaligidan sanoatga juda katta sakrash bo‘ldi, deb aytishga barcha asos bor.
O‘zA