Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tegishli hujjatlari bo‘lmagan va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Fuqaro G.M. fuqaro D.B.ga jami 720 ta kapsuladagi “Fatzorb plus” va “Fatzorb tm plus” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4,6 million so‘mga sotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri