Joriy yilning 19-aprelidan boshlab Anqara va Diyarbakir shaharlari o‘rtasida “Mesopotamiya” yangi sayyohlik temir yo‘li ekspressi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur sana oldidan Turkiya mahalliy OAV vakillari uchun press-tur tashkillashtirildi.
«AzerTAJ» xabariga ko‘ra, Anqaradan yo‘lga chiqqan poyezd Kayseri, Malatya va Elazig‘da to‘xtagan va poyezd bir kundan keyin so‘nggi manzili – Diyarbakirga yetib kelgan.
Xabarda aytilishicha, ikki shahar o‘rtasidagi temir yo‘lning uzunligi 1051 km.
Turkiya Transport vazirligi turistlarning barcha talablarini inobatga olganligini, ularga sayohat qilish uchun eng qulay sharoitlar yaratilganini qayd etdi.
Yo‘lovchilar Anado‘lining madaniy va tarixiy maskanlari bilan tanishish va mahalliy taomlardan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘zA