Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha 11 mamlakatning 200 dan ziyod sambochisi ishtirok etgan kattalar o‘rtasidagi jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta medalga musharraf bo‘ldi.

Jahon kubogining ilk kunida 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqqan terma jamoamiz a’zolari so‘nggi kungi bellashuvlarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning so‘nggi kungi bellashuvlarida terma jamoamiz a’zolaridan Ozodbek Murodov oltin, Musoxon Ziyadinov va Sohibjon Hasanboyev kumush, Islomjon Olimjonov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Umum jamoa hisobida Xalqaro sambo federatsiyasi bayrog‘i ostida jahon kubogida ishtirok etgan Rossiya terma jamoasi 1-o‘rinni, ukrainaliklar 2-o‘rinni, umumiy hisobda 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish borasida nufuzli musobaqani 3-o‘rinda yakunladi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA