FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Jolliboy Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi tashkil etilganligining 30-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengash raisi iste’fodagi podpolkovnik Abdurasul Yusupov va boshqalar so‘z olib, o‘quvchi-yoshlarga o‘z xizmat faoliyatida erishgan yutuqlari va boy hayotiy tajribalari xususida so‘zlab berdi.
Bir guruh faxriylarga bayram munosabati bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Harbiy orkestr ijrosidagi konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA