Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin “Krokus Siti Xoll”dagi terror harakati bo‘yicha tergov guruhi ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Dastlab ochilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov jarayoni yuzasidan hisobot tinglandi.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish, tergovga taalluqli ashyolarni to‘plash davom etayotgani ma’lum qilindi.
Binodagi yong‘in xavfsizligi tizimi ishlashi ekspertizadan o‘tkazilyapti. O‘rganish jarayonida mas’ullar bino xavfsizligi talablariga qay darajada rioya qilingani aniqlanadi.
Dastlabki natijalar terrorchilar harakati rejalangani, xurujga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani va jinoyat tashkilotchilar tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanganini to‘liq tasdiqlamoqda.
Mas’ullar fojiaga aloqador har bir shaxsni aniqlashda davom etish, tergovchilar fuqarolardan olingan har qanday ma’lumotni chuqur tekshirib, har bir holatga e’tibor qaratishi zarurligini ta’kidlamoqda. Zero, har tomonlama xolis tekshiruv o‘tkazish, shuningdek jazo muqarrarligi tamoyilini hayotga tatbiq etish va kelgusida bunday fojialarning oldini olish choralarini ko‘rish ham shunga bog‘liq.