Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritiladi
256
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari ham endi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritiladi.
Bunda:
ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi;
ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylarning kadastr hujjatiga ushbu obyektlar madaniy qiymatga egaligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.
O‘zA