Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari bundan buyon yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlari bilan o‘tkazilishini ta’kidladi.

O‘tgan yili 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga ko‘ra, buncha mahsulotning o‘zidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa bo‘ladi.

Lekin iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni to‘g‘ri tashkil qila olmagani, eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport 2 milliard dollardan oshmagani qayd etildi.

O‘zA