Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSHda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezident saylovida Donald Tramp g‘alaba qozonishiga shubha bilan qarashini ma’lum qildi.

“France-2” telekanaliga intervyu berish chog‘ida “Tramp vositachilik rolini bajarib, Putin bilan muloqotni yo‘lga qo‘ya oladimi?”, degan savolga Makron aynan shunday javob qaytargan.

“Olgan ma’lumotlarimdan kelib chiqib, Donald Tramp AQSH Prezidenti bo‘ladi, deb o‘ylamayman”, – degan Fransiya yetakchisi.