AQSH Senatidagi ko‘pchilik yetakchisi, demokrat Chak Shumer Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 7-oktyabrdan keyin jarayonni noto‘g‘ri boshqarganini qayd etdi:

– Hozirgi o‘ta muhim daqiqada men yangi saylov o‘tkazish Isroil kelajagi haqida sog‘lom va ochiq qarorlar qabul qilish jarayonining yagona yo‘li, deb hisoblayman.

AQSHda yuqori rasmiy lavozimni egallagan tajribali yahudiy siyosatchi sifatida ta’riflanadigan bu shaxs o‘z nutqida Isroilga do‘st ekani, doim Isroil foydasiga ishlaydigan masalalar ko‘targanini ta’kidladi.

U 7-oktyabrdan keyin Netanyaxu ma’muriyati ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygani, urush davri Vazirlar Mahkamasi vaziyatni yaxshi boshqara olmaganini urg‘ulagan:

– Bosh vazir Netanyaxu o‘zi siyosiy shaxs sifatida omon qolishini Isroil manfaatidan ustun qo‘yib, yo‘ldan adashdi. U Ben-Gvir va Smotrich kabi o‘ta o‘ngchi ekstremistlar bilan koalitsiyaga kirdi. Natijada G‘azoda ko‘p begunoh aholi qurbon bo‘ldi. Ayni harakatlar Isroilni global qo‘llab-quvvatlash tarixiy eng past darajaga tushishiga sabab bo‘ldi.