Fiji sudi mamlakatning sobiq Bosh vaziri Frenk Beynimaramani adolatga toqatsizlikda ayblamoqda va unga shu oy oxirida politsiya tergoviga aralashgani uchun hukm chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda “abc.net” nashri xabar tarqatdi.
Fiji Oliy sudining bugungi qarori 2023-yil oktyabr oyida quyi sud tomonidan Beynimaramaning oqlov qarorini bekor qildi.
Bosh sudya vazifasini bajaruvchi Salesi Temo shuningdek, politsiya komissari bo‘lgan Stiveni Klixoni ham mansab vakolatini suiste’mol qilishda aybdor deb topdi va 28-mart kuni hukm chiqarish uchun ishni quyi sudga qaytarib yubordi.
Beynimarama va Klixoga 2019-yilda Janubiy Tinch okeani universitetida moliyaviy noto‘g‘ri boshqaruv bo‘yicha Fiji politsiyasiga tergovni to‘xtatishga ko‘rsatma berganlik aybi qo‘yilmoqda.
O‘shanda ular bu ayblovlarni rad etgan va o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan dastlabki sud majlisida dalillar yetarli bo‘lmagani uchun jazodan qutulib qolgan edi.
Fijida adolatsizlik ayblovi uchun maksimal 5-yil qamoq jazosi hisoblanadi. Mansab vakolatini suiste’mol qilish esa 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan belgilanadi.