Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida qayd etilganidek, Sayxunobod tumanidagi xonadonlarning yarmida chorva boqiladi.

Do‘stlik mahallasida 50 dan ortiq odam chorvani yanada ko‘paytirish niyatida, lekin ularga ozuqaga yer berish, kredit olishda yordam berilmayapti. Tumanda hozir tashlandiq yotgan 400 gektar yer bo‘lsada, bu yerlar shunday xohishi bor odamlarga berilmagan.

Endilikda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida qoramol, qo‘y va echki olish uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit garovsiz, naqd pulda beriladi. Bu orqali tumandagi 1,5 ming xonadonga chorvani ko‘paytirish uchun sharoit yaratiladi.

Qayd etilgan 400 gektarni 800 ta xonadonga bo‘lib berish topshirildi.

 

O‘zA