Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Sirdaryo daryosining 19 kilometri O‘rikzor va Yangihayot mahallalaridan oqib o‘tadi. Sayxunobod tumanida 125 gektar tabiiy, 580 gektar sun’iy suv havzasi bo‘lsada, imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayapti.
Shu munosabat bilan O‘rikzor va Yangihayot mahallalaridagi 500 ta xonadonga basseyn qurib, baliqchilik bilan shug‘ullanishga ko‘maklashiladi.
Samarasiz 200 gektar sun’iy suv havzalari 300 ta xonadonga baliq yetishtirish uchun bo‘lib beriladi. Bunga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
O‘zA