Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilganidek, Sayxunobodda ilk bor yangi tajriba qilinib, 19 ta mahallani har biriga 1 tadan mini traktor, 4 tadan moto-kultivator olib berildi.

Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi. Mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Sayxunobod tajribasi butun respublikada ommalashtiriladi.

 

O‘zA