Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani, pastga tushib ishlamagani, faqat yig‘ilish o‘tkazish bilan cheklangani tanqid qilindi.

Misol uchun, tumanda 2 ming 400 ta ishsiz bor, kambag‘allik darajasi – 14 foiz, mahalliy byudjet tushumi 27 milliard so‘m, xarajati 67 milliard so‘m.

Bir so‘z bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik o‘smayapti, Yangi O‘zbekiston nafasi sezilmayapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, o‘rniga zamonaviy rahbarlar qo‘yildi.

O‘zA