2025-yil Qozog‘iston navbatdagi “Kelajak o‘yinlari”ga mezbonlik qiladi. Musobaqa ilk bor Qozon shahrida joriy yil 21-fevral-3-mart kunlari bo‘lib o‘tdi.
MDH internet portali xabar qilishicha, Prezident Qosim-Jomart Toqayev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvi paytida “Kelajak o‘yinlari” xalqaro multisport anjumanini o‘z davlatida o‘tkazish istagini bildirgan.
“Kelajak o‘yinlari” – an’anaviy sport turlari va kompyuter o‘yinlari uyg‘unlashgan yangi formatdagi tomoshabop mashg‘ulotdir. Joriy yil musobaqada dunyoning 107 davlatidan 275 jamoa – 2 000 dan ziyod kishi ishtirok etdi. Tadbir 100 mingdan ziyod tomoshabinni jalb qildi.
G.Abdullayeva tayyorladi.
O‘zA