“Euro news” xabar berishicha, “Meta” ixtiyoridagi ijtimoiy tarmoq platformalari foydalanuvchilari seshanba kuni bir necha soat davomida tizimga kirishda muammoga duch kelgan.
Internet-trafik monitori “Down Detector” keng tarqalgan uzilish haqida xabar bergan, texnik nosozlik butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan.
Kompaniya aloqa bo‘limi boshlig‘i Endi Stoun muammoni tan olgan.
– Texnik kamchilik sabab, odamlar ba’zi xizmatlarimizga kirishda qiyinchilikka duch keldi, – deb yozdi Stoun o‘z sahifasida. – Muammoni imkon qadar tez hal qildik. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Texnologik kompaniya aksiyasi uzilish tufayli 1,5 foiz arzonlashdi. Yo‘qotish miqdori hozircha noma’lum. Uch yil muqaddam shu kabi muammolar natijasida “Meta” ko‘rgan zarar 100 million dollarga baholangan edi.