To‘rtko‘l tumani prokuroriga biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlarni uyma-uy yurib o‘rganish jarayonida Bazirgan MFYda yashovchi Amanmatova Milayimning onasi Kurbangeldiyeva Bahorgul salomatligi bo‘yicha murojaat qilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazishda oilaviy sharoiti sababli qiynalayotganini bildirgan edi.
Sektor rahbarining topshirig‘i asosida tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
B.Kurbangeldiyeva tezlik bilan kasalxonaga yotqizilib, zarur muolajalar ko‘rsatilib uch kun davomida jarrohlik amaliyotiga tayyorlandi va o‘t-tosh kasalligi va kindik churrasi bo‘yicha yuqori texnologik jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi.
Joriy yil 5-mart kuni sektor rahbari soha mutaxassislari bilan birgalikda bemorning xolidan xabar oldi va salomatligi bo‘yicha suhbatlashdi. Suhbat davomida fuqaro ko‘rsatilayotgan mehr va e’tibordan minnatdorligini bildirib, shunday yurtda yashayotganidan hursand ekanligini bildirdi.
Maftuna Yusupboyeva,
QDU. Telejurnalistika yo’nalishi 2-bosqish talabasi.
Qoraqalpog’iston axborot agentligi