Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bilan bog‘liq kelajak avlod salomatligiga salbiy ta’sir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirildi. Lekin bunday holatlar hali ham uchrab turibdi.

Zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar reabilitatsiya bilan yetarlicha qamrab olinmagani qayd etildi.

O‘zA