Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezidentimiz o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojida o‘chmas iz qoldirgan O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Jo‘rayev nomini barchamiz alohida hurmat bilan esga olishimizni ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Andijon shahridagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berish taklifini ilgari surdi.

Bu maktab Musiqa va san’at kollejiga aylantirilib, grant asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv va turar joy binosi, zarur infratuzilma ob’ektlari barpo etiladi, shuningdek, Sherali Jo‘rayev byusti o‘rnatiladi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi, kompleks va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

O‘zA