Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Prezident Andijonda mebelchilikni drayverga aylantirish zarurligini ta’kidladi.
Viloyatda 2023 yilda 1 trillion so‘mlik mebel ishlab chiqarilib, yarmi eksport qilindi.
Shu bois, Oltinko‘l tumanida 16 gektar maydonda “Mebelsozlik kompleksi” barpo etiladi. Kompleksni qurish va loyihalarga 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
O‘zA