Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Andijon tumanida g‘isht va cherepitsa xomashyosi, Ulug‘norda silikat qum, Marhamatda bazalt, Buloqboshida marmar, g‘isht va cherepitsa xomashyosi hamda ohak zaxiralaridan unumli foydalanib, 20 ta konni auksionga chiqarish va 150 million dollarlik loyihalarni shakllantirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu loyihalar infratuzilmasiga 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Bundan tashqari, qo‘shni davlatlarda 500 million dollarlik chinni bozori bor. Shu munosabat bilan Buloqboshida keramik plita, Marhamat va Baliqchida 2 ta zamonaviy chinni buyumlar korxonasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA