Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish etmoqda.

“Xonobod-Andijon” markaziy suv quvuri ikkinchi tarmog‘ini qurishni jadallashtirish, 8 ta tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga xalqaro hamkorlarni jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it chiqaradigan zavod qurilishi, Asakada chiqindini qayta ishlab, yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, 1 ming 760 ta quduq atrofidagi bo‘sh yerlarga 50 megavattli quyosh panellari o‘rnatib, ichimlik suvi tannarxini pasaytirish taklifi ma’qullandi.

O‘zA