Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tmoqda.

Yig‘ilishda viloyatda transport xizmatlarini yaxshilash maqsadida mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

– “Xonobod – Andijon – Izboskan – Asaka” temir yo‘l aylanmasida poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish;

–  “Andijon – Qo‘qon”, “Andijon – Toshkent”, “Andijon – Termiz” va “Andijon – Qo‘ng‘irot” yo‘nalishlarda poyezd qatnovini 2 karra oshirish;

– “Andijon – Shahrixon”, “Andijon – Asaka” va “Andijon – Do‘stlik” yo‘nalishida avtobus qatnovini 2 barobar ko‘paytirish topshirildi.

O‘zA