Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Qayd etilganidek, Andijon viloyati sanoati yirik korxonalarga bog‘lanib qolgan. Uning 70 foizini Andijon shahri va Asakadagi mashinasozlik korxonalari berayapti.
Viloyat eksportining 82 foizini, tayyor mahsulotlarda – 76 foizini to‘qimachilik bermoqda. Samarqand bilan bir xil miqdorda meva-sabzavot yetishtiradigan Andijon 5 barobar kam eksport qiladi.
Mehmonxona o‘rinlarini 90 foizi ham bitta Andijon shahrida.
Davlatimiz rahbari eskicha ishlash bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini, hokimlar, sektor rahbarlari o‘zgarishi kerakligini qayd etdi.
O‘zA