Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unda Niyazimbetov Valijon Batirbayevich Ellikqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
V.Niyazimbetov Ellikqal’a tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, shu kunga qadar To‘rtko‘l tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
Sessiya so‘nggida tuman sektorlari rahbarlarining 2024 yilda amalga oshirishi rejalashtirilgan vazifalari bo‘yicha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri