FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida taniqli gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadzening “Men, buvim, Illiko va Illarion” nomli romani asosida sahnalashtirilgan romantik komediya qoraqalpoq tilida tomoshabinlar e’tiboriga namoyish etildi.

Ushbu spektakl Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi A. Seytekov, rejissyor M. Reymov va rassom T. Sherdemetov tomonidan sahnalashtirildi.

Spektaklda asosiy rollarni Safargul Davletova, Ruslan Qayipnazarov, Bozorboy Nazarimbetov, Qurbon Qalandarov, Shahnoza Qalbayeva, Gulsara Jumaniyozova, Dilorom Nurillayeva, Alpisboy Amaniyazova, Doniyor Xudoynazarov va Davronbek Eshmurotov yuksak mahorat bilan ijro etgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA