Davlatimiz rahbari joriy yilning 18 yanvar kuni 2024 yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bojxona organlariga qo‘yilgan topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida joylarda bojxona xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi vakillari Mo‘ynoq tumanidagi “Mo‘ynoq mineral tuzi” mas’uliyati cheklangan jamiyatda bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida tuzni qayta ishlab chiqarishni kengaytirish investitsion loyihasining bajarilish jarayonlarni o‘rgandi. Umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollariga baholangan mazkur loyihaning 70 foizi Xitoy mamlakati tomonidan kiritiladigan investitsiya mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Yiliga 600 tonna tuzni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lishi ko‘zda tutilayotgan mazkur loyihaning ishga tushirilishi bilan yangi 100 ta mahalliy aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 60 foizi eksportga yo‘naltirilishi ham rejalashtirilgan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.