Dekabr oyida ma’naviyat va madaniyat masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Madaniyat vazirligi va viloyat hokimlariga berilgan topshiriqlar ijrosi joylarda sust kechayotgani qayd etildi.

Jumladan, viloyat hokimlariga bu yil mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratib, har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to‘garak xonalari bo‘lgan 1 tadan madaniyat markazini barpo etish topshirig‘i berilgan.

Lekin, bu markazlarni qayerda qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxatning o‘zi hali tasdiqlanmagani tanqid qilindi.

Madaniyat vazirligi tizimida “O‘zbekteatr” muassasasi va “Madaniyat ta’limi markazi” faoliyatini boshlagani yo‘q.

Mutasaddilar ushbu topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashi shartligi haqida ogohlantirildi.

O‘zA