Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida zamonaviy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Pullik xizmatlar narxi shaffof emasligi tanqid qilindi.
Shu munosabat bilan 23 ta markaz, 12 ta tibbiyot oliygohi, 2 ta shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazlarining har biriga zamonaviy menejerlarni ishga olib, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish topshirildi.
Bu ishlar orqali shifokor va hamshiralarni yangicha o‘qitish, davolash sifatini oshirish, dori yozishni kamaytirish, eng muhimi – rivojlangan klinikalar muhitini olib kirish muhimligi qayd etildi.
O‘zA