Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish talabiga javob beradigan tizim hali yaratilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
So‘nggi yillarda bepul davolanish uchun orderdan voz kechildi. Mablag‘ni muassasadagi o‘rinlar soniga emas, bemorlar soniga qarab ajratish tizimi yaratildi.
Lekin, haligacha bemorlarda tanlash huquqi yo‘q. Bundan tashqari, viloyat shifoxonalariga yo‘llanma olish haligacha raqamlashmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning Loyiha ofisiga viloyat shifoxonalarini ham elektron yo‘llanma tizimiga ulash, bu tizimda xususiy klinikalar ishtiroki mezonlarini ishlab chiqish topshirildi.
O‘zA