Endilikda xavf guruhiga kiruvchi aholini yurak qon-tomir, onkologiya va endokrin kasalliklari skriningidan o‘tkazish tizimi o‘zgartiriladi.

Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Xususan, skrining uchun bevosita respublika kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya markazlari javob beradi. Ular bir haftada joylarda skrining tekshiruvlarini o‘tkazishni boshlaydi.

Shuningdek, onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot berish joriy qilinadi.

Bu tajriba 1 maydan Qashqadaryoda boshlanadi va kelgusi yildan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zA